Erdo‘g‘an: Afrikalik birodarlarimizga kelajakni birgalikda bunyod etishni taklif qilyapmiz

Prezident Erdo‘g‘an, Kongo Demokratik Respublikasi ortidan Afrika safarining ikkinchi bekati Senegalga bordi.

1782551
Erdo‘g‘an: Afrikalik birodarlarimizga kelajakni birgalikda bunyod etishni taklif qilyapmiz

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an uchinchi ming yillikning Afrika davri bo‘lishini qayd etdi.

“Afrikalik birodarlarimizga kelajakni birgalikda bunyod etishni taklif qilyapmiz”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, Kongo Demokratik Respublikasi ortidan Afrika safarining ikkinchi bekati Senegalga bordi.

Erdo‘g‘an Senegal poytaxti Dakarda, “Leopold Sedar Sengor” aeroportida Senegal Prezidenti Maki Sal tomonidan kutib olindi.

Dakarda Senegal-Turkiya biznes forumida qatnashgan Erdoʻgʻan u yerdagi nutqida:

“(Senegal bilan) 400 million dollarlik savdo hajmiga erishdik. Bundan buyon maqsadimiz 1 milliard dollar. Bu raqamga eng qisqa vaqt ichida erishishimizga ishonchim komil”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Yutuqqa erishish tamoyili asosida ayniqsa ishlab chiqarish boʻyicha rivojlantiriladigan hamkorlik yoʻllarining butun mintaqaga foyda olib kelishini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Turkiya oʻziga xos muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirayotgan bir iqtisodiy va taraqqiyot modeliga ega. Yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi davrida sodir boʻlgan voqealar Turkiya iqtisodiyotining kuchini namoyon etdi, jarayonni muammosiz boshqardik”.-dedi.

“Muvaffaqiyatli yakunlangan «Afrikaga ochilish» siyosatimiz 2013-yili «Afrika bilan hamkorlik» siyosatiga aylandi. Bu yo‘nalishda afrikalik do‘stlarimiz bilan birgalikda ko‘plab loyihalarni amalga oshirmoqdamiz”.-degan ifodalarga oʻrin bergan Erdoʻgʻan soʻzlarini:

“Uchinchi ming yillik Afrika asri boʻladi degan tushuncha bilan tayyorgarliklarimizni kuchli tutishimiz lozim. Biz afrikalik birodarlarimizga kelajakni birgalikda bunyod etishni taklif qilyapmiz”.-degan soʻzlar bilan tamomladi.

 



Aloqador xabarlar