Erdo'g'an Putin va Zelenskiyni xalqaro huquqqa hurmat ko'rsatishga chaqirdi

Erdo'g'an:"Rossiyaning Donetsk va Lugansk respublikalari mustaqilligini tan olishi Minsk kelishuviga zid bo‘lib, Ukrainaning siyosiy birligini, hududiy yaxlitligini va suverenitetini ochiqdan-ochiq buzish hisoblanadi. Biz Rossiyaning qarorini rad etamiz".

1782932
Erdo'g'an Putin va Zelenskiyni xalqaro huquqqa hurmat ko'rsatishga chaqirdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Kongo Demokratik Respublikasidan Senegalga safar qilar ekan, samolyotda jurnalistlarning xalqaro kun tartibga doir savollariga javob berdi.

Ma'lumki, shu kunlarda xalqaro kun tartibning eng asosiy mavzusi Rossiya-Ukraina mojarolari hisoblanadi.

"Rossiya Federatsiyasining Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan olishi Minsk kelishuviga zid bo‘lib, Ukrainaning siyosiy birligini, hududiy yaxlitligini va suverenitetini ochiqdan-ochiq buzish hisoblanadi. Biz Rossiyaning ushbu qarorini nomaqbul, deb hisoblaymiz va uni rad etamiz", - deydi Turkiya prezidenti.

Erdo'g'anning ta'kidlashicha, Turkiya Rossiya-Ukraina inqirozidagi keskinlikni kamaytirish uchun boshidanoq samimiy harakat qilmoqda.

"Biz inqirozning hal qilinishiga oid pozitsiyamizni ochiq-oydin ilgari surdik. Tashqi ishlar vazirligimiz tomonidan so'nggi o'zgarishlar haqida berilgan bayonotda, Rossiyaning Donetsk va Lugansk respublikalarini tan olish qarori Minsk kelishuviga zid ekanligi ta'kidlandi. Ushbu qaror Ukrainaning siyosiy birligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga zid hisoblanadi. Ushbu qaror Ukrainaning yaxlitligini ochiqdan-ochiq buzish ekanligi taʼkidlandi",-deb aytgan Erdo'g'an.

"Biz bu qarorni "qabul qilib bo'lmaydi" deb hisoblaymiz. Tomonlarni sog'lom fikr va xalqaro qonunlarga rioya qilishga chaqiramiz. Qora dengiz davlati bo'lganimiz uchun ko'plab ehtiyot choralari dasturlari yaratilishi kerak. Biz allaqachon bu choralarni ko'rib chiqdik va qabul qildik",-deb ilova qilgan Turkiya prezidenti.

Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi, Turkiya va Germaniya ishtirokida qo‘shma sammit o'tkazish bo'yicha taklifiga to'xtalib, 

"Agar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga a’zo davlatlar rozi bo’lsa, biz bu yig’ilishda ishtirok etishga tayyormiz”,-dedi. 

"Fursatdan foydalanib, Ukrainaning hududiy yaxlitligi va siyosiy birligi saqlab qolinishi tarafdori ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz hamda barcha tomonlarni sog‘lom fikrga tayanib, xalqaro huquqqa hurmat ko'rsatishga chaqiramiz", - deya ta’kidladi Erdo'g'an.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar