Turkiya Rossiya-Ukraina mojarolariga barham berish uchun sa’y-harakatlarini davom ettiradi

"Biz ushbu mamlakatlar o‘rtasida keskinlik diplomatiya yo‘li bilan muloqotlar yordamida hal etilishini istaymiz", — dedi Hulusi Akar Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO tashkilotiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari uchrashuvida.

1781653
Turkiya Rossiya-Ukraina mojarolariga barham berish uchun sa’y-harakatlarini davom ettiradi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Anqara Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida yuzaga kelgan keskin vaziyatni yumshatish uchun sa’y-harakatlarni davom ettirishini ma'lum qildi.

"Turkiya Rossiya Federatsiyasi bilan Ukraina o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun zarur bo‘lgan barcha siyosiy, gumanitar va huquqiy sa’y-harakatlarni davom ettiradi. Biz ushbu mamlakatlar o‘rtasida keskinlik diplomatiya yo‘li bilan muloqotlar yordamida hal etilishini istaymiz", — dedi Akar Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO tashkilotiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlarining uchrashuvida.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, "Turkiya uchun Gruziyaning ham, Ukrainaning ham hududiy yaxlitligi va suvereniteti muhim".

Moskva bilan Kiyev o‘rtasidagi keskinlik xususida to‘xtalar ekan, Akar "ushbu vaziyat Turkiyada ham, boshqa mamlakatlarda va NATOda ham xavotir uyg‘otishini" ta’kidlab o‘tdi. Shu bois, Anqara keskinlikni yumshatish maqsadida "o‘z qarashlari va takliflarini alyans bo‘yicha ittifoqchilari bilan baham ko‘rib kelmoqda", dedi u.

Ta'kidlash joizki, Turkiya Rossiya Federatsiyasi va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida muzokarani tashkil etish uchun harakat qilib kelmoqda.

26 yanvarda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Putinni Turkiyaga taklif qilgani haqida bayonot bergandi. Bundan tashqari, Turkiya yetakchisi yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilish uchun ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvini ham, Turkiyada – Rossiya – Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama sammitni ham tashkil etish mumkinligini ma’lum qilgan edi.

8 fevral kuni Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidentining tashrifi bo‘yicha Moskva bilan Anqara o‘rtasida kelishuv borligini, biroq aniq muddati hali tasdiqlanmaganini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Turkiya , #Rossiya , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar