Turkiya delegatsiyasi Isroilda muzokaralar olib bordi

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Turkiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sedat O’nal boshchiligidagi delegatsiya kecha, 17-fevral kuni Isroilga tashrif buyurdi.

1780808
Turkiya delegatsiyasi Isroilda muzokaralar olib bordi

 

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Turkiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sedat O’nal boshchiligidagi delegatsiya kecha, 17-fevral kuni Isroilga tashrif buyurdi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya delegatsiyasi vakillari Isroil prezidenti administratsiyasi va Tashqi ishlar vazirligi rasmiylari bilan uchrashdi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Turkiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sedat O’nal Isroil Tashqi ishlar vaziri Alon Ushpiz, Isroil prezident ma'muriyati Bosh rahbari Eyal Shviki va boshqa rasmiylar bilan uchrashdi.

Ikki davlat rasmiylari o'rtasidagi uchrashuvda Isroil prezidenti Isxak Gersog ham ishtirok etgan. Prezident Turkiya delegatsiyasini "Xush kelibsiz" degan so'zlar bilan iliq kutib olgan.

Qayd etilishicha, uchrashuv chog'ida Isroil prezidenti Isxak Gersogning Turkiyaga tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, Turkiya-Isroil munosabatlarini rivojlantirish va mintaqaviy masalalar muhokama qilingan.

Delegatsiyalararo siyosiy maslahatlashuvlar ham bo’lib o’tdi.

Avval xabar berilganidek, Isroil prezidenti Isxak Gersog 9-10 mart kunlari davlat tashrifi bilan Turkiyaga keladi.

Eslatma: Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Turkiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sedat O’nal kecha, 16-fevral kuni Falastinga rasmiy ziyorat amalga oshirgandi va Ramallahda Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos tomonidan qabul qilingandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar