Hulusi Akar Ruminiya Mudofaa vaziri Vasile Dinju bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy xavfsizlik va mudofaa masalalari hamda mudofaa sanoati sohasida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

1780027
Hulusi Akar Ruminiya Mudofaa vaziri Vasile Dinju bilan uchrashdi

 

Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Ruminiya Mudofaa vaziri Vasile Dinju bilan uchrashdi.

Belgiya poytaxti Bryusselda NATO mudofaa vazirlari yig’ilishi doirasida o’tkazilgan “NATO yadroviy rejalashtirish guruhi” yig’ilishida ishtirok etgan Akar, keyinroq Ruminiya Mudofaa vaziri Dinju bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy xavfsizlik va mudofaa masalalari hamda mudofaa sanoati sohasida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Dinjuni Mudofaa vaziri etib tayinlangani bilan tabriklagan Akar, Ruminiya Turkiyaning muhim ittifoqchisi ekanligini, ikki davlat oʻrtasida harbiy taʼlim va boshqa hamkorlik sohalarida olib borilishi zarur boʻlgan tashabbuslar borligini, Qora dengiz tinchlik dengiziga aylanganligini taʼkidladi.

U shuningdek, Montro rejimini saqlab qolishning ahamiyatiga e'tibor qaratdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #NATO , #Turkiya

Aloqador xabarlar