Akar NATO qarorgohida oʻtkaziladigan yigʻilish uchun Bryusselga joʻnab ketdi

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar NATO qarorgohida oʻtkaziladigan yigʻilish uchun Belgiya poytaxti Bryusselga joʻnab ketdi.

1779264
Akar NATO qarorgohida oʻtkaziladigan yigʻilish uchun Bryusselga joʻnab ketdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar NATO tarkibidagi davlatlarning Mudofaa vazirlari oʻrtasida boʻlib oʻtadigan yigʻilishda ishtirok etish maqsadida Belgiya poytaxti Bryusselga joʻnab ketdi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra, Ukraina bilan Rossiya oʻrtasidagi taranglik kuchaygan bir paytda NATO qarorgohida 16-17 fevral kunlari yigʻilish oʻtkaziladi.

Yigʻilish doirasida uyushtiriladigan Yadroviy rejalashtirish guruhi, Yevropadagi xavfsizlik holati va oldini olish-mudofaa masalalari toʻgʻrisidagi majlislardan tashqari boshqa majlislarda ham ishtirok etadigan Akarning ular orasida Angliya, Ruminiya, Niderlandiya, Latviya, Estoniya va Shimoliy Makedoniya kabi davlatlar ham oʻrin olgan baʼzi mamlakatlarning mudofaa vazirlari bilan oʻzaro uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilmoqda.



Aloqador xabarlar