Akar NATO davlatlarning Mudofaa vazirlari oʻrtasida boʻlib oʻtadigan yigʻilishda ishtirok etadi

Hulusi Akar NATO qarorgohida oʻtkaziladigan yigʻilish munosabati bilan bugun Belgiya poytaxti Bryusselga joʻnab ketadi.

1779091
Akar NATO davlatlarning Mudofaa vazirlari oʻrtasida boʻlib oʻtadigan yigʻilishda ishtirok etadi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar NATO tarkibidagi davlatlarning Mudofaa vazirlari oʻrtasida 16-17 fevral kunlari boʻlib oʻtadigan yigʻilishda ishtirok etadi.

Akar, Ukraina bilan Rossiya oʻrtasidagi taranglik kuchaygan bir paytda NATO qarorgohida oʻtkaziladigan yigʻilish munosabati bilan bugun Belgiya poytaxti Bryusselga joʻnab ketadi.

Yigʻilish doirasida uyushtiriladigan Yadroviy rejalashtirish guruhi, Yevropadagi xavfsizlik holati va oldini olish-mudofaa masalalari toʻgʻrisidagi majlislardan tashqari boshqa majlislarda ham ishtirok etadigan Akarning ular orasida Angliya, Ruminiya, Niderlandiya, Latviya, Estoniya va Shimoliy Makedoniya kabi davlatlar ham oʻrin olgan baʼzi mamlakatlarning mudofaa vazirlari bilan oʻzaro uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilmoqda.



Aloqador xabarlar