Isroil prezidenti Isxak Gersog 9-mart kuni Turkiyaga tashrif buyuradi

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Turkiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sedat O’nal 16-17-fevral kunlari Isroilga tashrif buyurib, mamlakat prezidenti Isxak Gersogning Turkiyaga tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladi.

1778885
Isroil prezidenti Isxak Gersog 9-mart kuni Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Isroil prezidenti Isxak Gersog joriy yilning 9-mart kuni Turkiyaga tashrif buyuradi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an o’tgan oyda Isroil bilan munosabatlarni tiklash xususida ikki davlat razvedka idoralari rahbarlari uchrashuvi bo’lib o’tganligini ma’lum qilgandi.

Prezidentning ushbu bayonoti xalqaro kun tartibdan muhim o’rin egallagandi.

So’ngra, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari yanvar oyida 13 yillik tanaffuzdan so’ng, birinchi marta telefon orqali muloqot qilgandi.

Ushbu o’zgarishlar fonida Isroil prezidenti Isxak Gersog Turkiyaga tashrif buyuradi. Uning tashrifi 9-10 mart kunlariga mo’ljallangan.

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Turkiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sedat O’nal 16-17-fevral kunlari Falastin va Isroilga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya delegatsiyasi Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos tomonidan qabul qilinadi va Falastin rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Turkiya delegatsiyasi Isroil rasmiylari bilan ham uchrashib, mamlakat prezidenti Isxak Gersogning Turkiyaga tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladi. Delegatsiyalararo siyosiy maslahatlashuvlar ham bo’lib o’tadi.

Shuningdek, Isroil tashqi ishlar va energetika vazirlari 11-13-mart kunlari Antaliyadagi diplomatiya forumida ishtirok etish uchun Turkiyaga keladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Isroil , #Isxak Gersog

Aloqador xabarlar