Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqlarda shifo tilaklarini yetkazgan turk xalqiga minnatdorlik bildirdi

Koronavirusga chalingan prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va uning turmush o‘rtog‘i Emina Erdo'g'anga yuz mingdan ortiq inson ijtimoiy tarmoqlar orqali “tezroq sog‘ayib keting” degan tilaklarini bildirgan.

1776308
Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqlarda shifo tilaklarini yetkazgan turk xalqiga minnatdorlik bildirdi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqlar orqali unga shifo tilaklarini yetkazgan insonlarga minnatdorlik bildirdi.

Koronavirusga chalingan prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va uning turmush o‘rtog‘i Emina Erdo'g'anga yuz mingdan ortiq inson ijtimoiy tarmoqlar orqali “tezroq sog‘ayib keting” degan tilaklarini baham ko‘rgan. Prezident Erdo'gʻan ham ijtimoiy media tarmog'i orqali turk xalqiga ezgu tilaklari uchun minnatdorlik bildirdi.

Ma'lumki, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va uning turmush o‘rtog‘i Emina Erdo'g'an 5-fevral kuni koronavirusning omikron shtammini yuqtirib olgani ma'lum bo'lgandi.

Bu haqda Erdo'g'anning o'zi 6-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar bergandi.

"Bugun dastlabki simptomlardan so‘ng rafiqam bilan COVID-19’ga test topshirdik. Test musbat chiqdi. Bu omikron ekanligi aniqlandi, — deb yozgandi Erdo‘g‘an Twitterdagi sahifasida.

Eslatish joizki, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va rafiqasi Emina Erdo‘g‘an 3-4 fevral kunlari Ukraina Respublikasiga tashrifni amalga oshirgan edi. Prezident Turkiyaga qaytgach, unda koronavirus aniqlangan. 

Ma’lumot uchun, 67 yoshli Erdo‘g‘an o‘tgan yilning 14 yanvar kuni koronavirusga qarshi emlangan edi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar