Turkiya va Armaniston o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv 24-fevralda bo'lib o'tadi

Turkiya TIV: Turkiya va Armaniston o’rtasidagi normallashuv jarayoni doirasida ikki davlatning maxsus vakillari, elchi Serdar Kilich va Armaniston parlamenti raisi o’rinbosari Ruben Rubinyan yetakchiligidagi uchrashuv 24-fevral kuni Venada boʻlib oʻtadi.

1773362
Turkiya va Armaniston o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv 24-fevralda bo'lib o'tadi

 

Birinchi Jahon urishi davrida Usmoniy Turklar va arman millati vakillari o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar ortidan uzilgan aloqalar tiklanmoqda. Turkiya va Armaniston tomoni muzokaralarni davom ettirmoqda.

Turkiya va Armaniston o’rtasidagi normallashuv jarayoni doirasida ikki davlat maxsus vakillari o’rtasidagi ikkinchi uchrashuv 24-fevral kuni Avstriyaning poytaxti Venada bo’lib o’tadi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, “Turkiya va Armaniston o’rtasidagi normallashuv jarayoni doirasida ikki davlatning maxsus vakillari, elchi Serdar Kilich va Armaniston parlamenti raisi o’rinbosari Ruben Rubinyan yetakchiligidagi uchrashuv 24-fevralda Vena shahrida boʻlib oʻtadi”,-deyiladi bayonotda.

Ikki davlat maxsus vakillarining ilk uchrashuvi 14-yanvar kuni Rossiya poytaxti Moskvada bo'lib o'tgandi.

O’shanda Turkiya vakili Serdar Kilich va Armaniston vakili Ruben Rubinyan ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv pozitiv va konstruktiv ruhda o‘tgani aytilgandi.

“Turkiya va Armanistonning maxsus vakillari o‘rtasidagi muzokaralarda hech qanday shartlarsiz munosabatlarni to‘liq normallashtirish va muloqotni davom ettirishga kelishib olindi”, -deb ma’lum qilgandi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati.

Moskvadagi muzokaralarning ilk natijasi o‘laroq joriy yilning 2 fevralidan boshlab, Istanbul va Yerevan o‘rtasida aviaqatnovlar tiklandi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar