Erdo‘g‘an Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi

Yopiq eshiklar ortida o‘tgan uchrashuv 3 soatu 10 daqiqa davom etdi. Avvaliga uchrashuv 1,5 soatga mo‘ljallangani aytilgandi.

1773230
Erdo‘g‘an Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi

 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an davlat tashrifi bilan Kiyevga bordi.

Oliy martabali mehmon Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Prezident Erdo‘g‘an shuningdek, ikkinchi jahon urushida vafot etganlar xotirasiga atab o'rnatilgan “Noma’lum askar” yodgorligi poyiga gul qo‘ydi. 

So'ngra, Mariinskiy saroyida prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Yopiq eshiklar ortida o‘tgan uchrashuv 3 soatu 10 daqiqa davom etdi. Avvaliga uchrashuv 1,5 soatga mo‘ljallangani aytilgandi.

Mariinskiy saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ikki davlat delegatsiyalarining bir qismi bilan kengaytirilgan tarkibda davom etgan. 

Prezidentlar muloqoti davom etayotgan vaqtda esa ikki mamlakat birinchi xonimlari – Emina Erdo‘g‘an va Yelena Zelenskaya Sofiya Kiyevskaya obidasiga borib, turk tilidagi audiogid taqdiomtida ishtirok etishgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezidentlarning bugungi kundagi asosiy maqsadi erkin savdo zonasi bilan to‘rtta ikki tomonlama shartnoma imzolashdan iborat:

1. Erkin savdo shartnomasi;
2. Yuqori texnologiyalar, aviatsiya va kosmik sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi doiraviy bitim;
3. Yoshlar siyosati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
4. Huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma loyihasi.

Tomonlar Qora dengizdagi ikki davlat harbiy-dengiz kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini ham muhokama qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar