Turkiya va Ozarbayjon Kavkazda tinchlik va osoyishtalik garovi

Hulusi Akar: “Ikki davlat va bir millat Ozarbayjon va Turkiya Kavkazga tinchlik va osoyishtalik olib kelish uchun bor kuchini sarflamoqda”,-dedi.

1772245
Turkiya va Ozarbayjon Kavkazda tinchlik va osoyishtalik garovi

 

Ozarbayjon Mudofaa vaziri general Zokir Hasanov kecha, 1-fevral kuni Turkiyaga tashrif buyurdi.

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Hasanovni Milliy Mudofaa Vazirligida harbiy marosim bilan kutib oldi.

Zokir Hasanov Turkiya Milliy mudofaa vazirligining xotira daftariga o'z dil izxorini yozib, imzo chekdi.

So'ngra, vazirlarning tor doiradagi o'zaro uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Hulusi Akar va Zokir Hasanov ikki davlat delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralarga raislik qildi.

Uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari hamda mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralardan so’ng qo’shma matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda so’zga chiqqan Hulusi Akar: “Ikki davlat va bir millat Ozarbayjon va Turkiya Kavkazga tinchlik va osoyishtalik olib kelish uchun bor kuchini sarflamoqda”,-dedi.

Shusha dekloratsiyasining ahamiyatiga to’xtalgan Hulusi Akar shunday dedi:

“Shusha deklaratsiyasi bizning yo‘limizni, strategiyamizni belgilab beruvchi hujjatdir. Ushbu hujjat yo'nalishi bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar mavjud. Harbiy tayyorgarlik va hamkorlik borasidagi ishlarimiz davom etmoqda. Bu tadqiqotlar bilan birga mudofaa sanoati va qurolli kuchlarimizni jihozlash borasida nima qilishimiz mumkinligini o‘zaro muzokaralar orqali aniqlaymiz. Biz bu masalalarda shaxdam qadamlar tashladik va shunday qilishda davom etamiz”.

Ozarbayjon armiyasi 44 kun davom etgan janglarda dushman ishg’oli ostida bo’lgan yerlarini qaytarib olganini eslatgan Hulusi Akar: “Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo'g'an va Hurmatli Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning uchrashuvlaridan so'ng, Armanistonga do’stona qo'l uzatildi. Biz kutamiz va umid qilamizki, bu tinchlik uchun zamin baholanadi. Shu tariqa biz nafaqat Ozarbayjon-Armaniston o’rtasida balki, Armaniston-Turkiya, hamda butun Kavkazda tinchlik va farovonlik hukm surishiga zamin yaratishga intilamiz”,-dedi.

U Ozarbayjon armiyasi bilan Turkiya armiyasining kuchini yanada oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga to’xtaldi.

“Bu boshqa davlatlar uchun tahdid emasligini barcha bilishini istayman. Qurolli kuchlarimizni rivojlantirish, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz mudofaasi uchun sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz. Amalga oshirilayotgan islohotlar bilan qurolli kuchlarimizning kundan kunga rivojlanayotganidan mamnunmiz. “Ikki davlat, bir millat” boʻlgan Ozarbayjon va Turkiya Kavkazga tinchlik va osoyishtalik olib kelish uchun qoʻllaridan kelgancha g’ayrat ko’rsatayotganini hamma koʻrib turibdi. Umidimiz shuki, har bir inson tezroq tinchlik va osoyishtalikka erishib, xavfsiz va farovon hayot kechirsin!”,-deb aytgan Turkiya mudofaa vaziri.

Ozarbayjon Mudofaa vaziri general Zokir Hasanov ham o’z navbatida muzokaralarda mintaqadagi harbiy va siyosiy vaziyat muhokama qilinganligini ta’kidlab, “Biz hamkorlikdagi faoliyatimizning yo‘nalishlarini belgilab oldik. Ozarbayjon va Turkiya qurolli kuchlarining bo’lajak tadbirlar rejasini muhokama qildik”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ozarbayjon , #Zokir Hasanov

Aloqador xabarlar