Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon TIV rahbari Jayxun Bayramov bilan muloqot qildi

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini batafsil muhokama qildilar.

1771260
Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon TIV rahbari Jayxun Bayramov bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha, 31-yanvar kuni Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini batafsil muhokama qildilar. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab sharoitda ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Muloqot chog‘ida xalqaro siyosiy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Shuningdek, Tog’li Qorabog’da olib borilayotgan faoliyatlar ko’zdan kechirildi.

Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlarining muloqoti har doimgidek o‘zaro ishonch ruhida, ochiq va do‘stona o‘tdi.



Aloqador xabarlar