Livan Bosh vaziri Nejip Mikati bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

Ma'lumotga ko'ra, tashrif doirasida Turkiya va Livan o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

1771251
Livan Bosh vaziri Nejip Mikati bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Livan Bosh vaziri Nejip Mikati bugun, 1-fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyuradi.

Bu haqda Prezident huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar departamenti ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, tashrif doirasida Turkiya va Livan o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi. 

Shuningdek, Sharqiy O'rta Yer dengizi va Yaqin Sharqdagi dolzarb, mintaqaviy va xalqaro mavzular yuzasidan fikr almashish ko'zda tutilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Livan

Aloqador xabarlar