Erdo’g’an Turkiyaga yangi tayinlangan Italiya elchisini qabul qildi

Poytaxt Anqaradagi Prezidentlik majmuasida uyushtirilgan qabul chog’ida Italiyaning Turkiyaga yangi tayinlangan favqulodda va muhtor elchisi Giorgio Marrapodini Erdog’anga ishonch yorlig’ini topshirdi.

1768731
Erdo’g’an Turkiyaga yangi tayinlangan Italiya elchisini qabul qildi

 

Kecha, 26-yanvar kuni Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Italiyaning mamlakatga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisining ishonch yorlig'ini qabul qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Italiyaning Turkiyaga yangi tayinlangan favqulodda va muhtor elchisi Giorgio Marrapodidan ishonch yorlig'ini qabul qilib oldi.

Prezident saroyida bo’lib o’tgan qabul chog’ida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an diplomatik vakolatxona rahbariga uning Turkiya bilan do‘stlik rishtalari va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

Shuningdek, Turkiya Prezidenti yangi tayinlangan elchi bilan qisqa suhbatlar o‘tkazdi.

Diplomat samimiy qabul hamda samarali faoliyat uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni har tomonlama rivojlantirish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdilar.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Italiya

Aloqador xabarlar