Afinada Turkiya-Gretsiya qo’shma iqtisodiy komissiyasining 5-yig’ilishi bo'lib o'tdi

Mazkur yig'ilishga Turkiya Savdo vaziri o’rinbosari Mustafa Tuzju va Gretsiya Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Kostantinos Frangoyannis raislik qildi.

1767631
Afinada Turkiya-Gretsiya qo’shma iqtisodiy komissiyasining 5-yig’ilishi bo'lib o'tdi

 

Afinada Turkiya-Gretsiya qo’shma iqtisodiy komissiyasining 5-yig’ilishi bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishga Turkiya Savdo vaziri o’rinbosari Mustafa Tuzju va Gretsiya Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Kostantinos Frangoyannis raislik qildi.

Yig'ilishdan so'ng berilgan qo'shma bayonotda, 2021-yilda Turkiya va Gretsiya o'rtasida rivojlangan savdo-iqtisodiy munosabatlarga e'tibor qaratildi. Shuningdek, mazkur yig'ilish bu yo'nalishda qo'lga kiritilgan o'sish sur'atini saqlab qolish va hamkorlik imkoniyatlarini yanada oshirish uchun muhim vazifa bo'lishi ta'kidlandi.

Muzokaralardan so'ng imzolangan Turkiya-Gretsiya qo’shma iqtisodiy komissiyasining qo'shma bayonotida ikki tomonlama savdo aloqalari, oʻzaro investitsiyalar, Yevropa Ittifoqi bilan savdo masalalari va energetika, turizm, qishloq xoʻjaligi, bojxona, transport va boshqa bir qator sohalarda hamkorlik imkoniyatlari qayd etildi.

Ta'kidlash joizki, Turkiya bilan Gretsiya o’rtasidagi savdo hajmi 2021-yilda avvalgi yilga nisbatan 69,2 foiz ortib, 5,2 milliard dollarga yetdi.

Turkiyaning Gretsiyaga amalga oshirgan eksporti 2021-yilda 73,3 foiz ortgan bo'lsa, Turkiya taxminan 1 milliard dollarlik savdo balansiga ega bo'ldi. 2005-yildan buyon ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 barobar oshdi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar