Nayib Bukele:"Biz Turkiya taraqqiyotining bir bo’lagi bo'lishni xohlaymiz”

Kecha, 20-yanvar kuni Salvador Respublikasi Prezidenti Nayib Bukele davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi. Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an oliy martabali mehmonni prezident saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

1766196
Nayib Bukele:"Biz Turkiya taraqqiyotining bir bo’lagi bo'lishni xohlaymiz”

 

Kecha, 20-yanvar kuni Salvador Respublikasi Prezidenti Nayib Bukele davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an oliy martabali mehmonni prezident saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Turkiya va Salvador davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar Rajap Tayyip Erdo'g'an va Nayib Bukele faxriy qorovul oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar.

Ikki davlat delegatsiyalari taqdimotidan so’ng prezidentlar yakkama-yakka uchrashuvni amalga oshirdi.

Uchrashuvdan soʻng ikki davlat rahbarlari Oliy darajadagi hamkorlik kengashi yigʻilishi, kelishuvlarni imzolash marosimi va qoʻshma matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Salvador Prezidenti Nayib Bukele Turkiya oxirgi yillarda katta rivojlanishni qo’lga kiritganligini  va dunyo uchun juda muhim mavqega ega ekanligini ta’kidladi.

“Biz Turkiya taraqqiyotining  bir qismiga aylanishni xohlaymiz”,-deb aytgan prezident Bukele.

U Turkiya Salvador Respublikasi uchun juda muhim salohiyatga ega davlat ekanligini va Turkiya bilan ko’p qirrali aloqalarni yo’lga qo’yish istagini bildirdi.

"Turkiya tez sur’at bilan rivojlanib bormoqda. Biz buni ko'rib turibmiz. Hozir u kuchli davlat. Bu kelajakda bundan ham kattaroq kuchga aylanadi. Bu esa dunyo uchun juda muhim hisoblanadi. Biz Turkiya bilan birga bo'lishni xohlaymiz. Turkiya taraqqiyotining bir bo’lagi bo'lishni xohlaymiz”,-deb aytgan Salvador Respublikasi Prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Salvador

Aloqador xabarlar