Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Turkiyaga tashrif buyurdi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an oliy martabali mehmonni prezident saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

1764612
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Bugun, 18-yanvar kuni Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an oliy martabali mehmonni prezident saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Turkiya va Serbiya davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar Rajap Tayyip Erdo'g'an va Aleksandr Vuchich faxriy qorovul oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar.

Ikki davlat delegatsiyalari taqdimotidan so’ng Erdog’an va Vuchich yakkama-yakka uchrashuvni boshladi.

Uchrashuvdan soʻng ikki davlat rahbarlari Oliy darajadagi hamkorlik kengashi yigʻilishi, kelishuvlarni imzolash marosimi va qoʻshma matbuot anjumanida ishtirok etadi.


Tanlangan kalimalar: #Serbiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar