Chavusho‘g‘lu Turkiyaning Qozog‘istonni qo‘llab-quvvatlashini takrorladi

Mevlut Chavusho‘g‘lu qozog‘istonlik kasbdoshi Muxtor Tleuberdi bilan telefon orqali muloqot qildi.

1758935
Chavusho‘g‘lu Turkiyaning Qozog‘istonni qo‘llab-quvvatlashini takrorladi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu qozog‘istonlik kasbdoshi Muxtor Tleuberdi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Qozog‘istondagi oxirgi vaziyatlar qo‘lga olingan ushbu muloqat chog‘ida Chavsho‘g‘lu Turkiyaning Qozog‘istonni qo‘llab-quvvatlashini takrorladi.

Muloqat chog‘ida shuningdek, 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan va Qozog‘istondagi vaziyatlar baholanuvchi Turk Davlatlari Tashkiloti tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari (onlayn) yig‘ilishi haqida ham fikr almashdi.

Eslatib o‘tamiz:

Qozog‘istonda suyultirilgan tabiiygaz (LNG) narxining ko‘tarilishi va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi sabab 2-yanvar kuni boshlagan norozilik namoyishlari eng yirik shahar Olmaotada zo‘ravonlik va qurolli to‘qnashuvlarga aylangandi.

Prezident Qasim Jomart Toqayev norozilik namoyishlaridan mas’ul deb topgan hukumatning iste’fosini qabul qilib, voqealarning keng tus olishi tufayli favqulodda holat e’lon qildi.



Aloqador xabarlar