Fuat O'ktay Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri bilan muloqot qildi

Yetakchilar suhbat chog'ida Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

1757504
Fuat O'ktay Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Faiz Sujuo'g'li bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, Fuat O'ktay suhbat avvalida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi xalqini yangi yil bilan samimiy tabrikladi. Ayni vaqtda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Faiz Sujuo'g'li ham Turkiya hukumati va xalqini yangi yil bilan tabrikladi.

Yetakchilar suhbat chog'ida Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi. Ular Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o'rtasidagi hamkorlikni har sohada davom ettirishga kelishib oldi.



Aloqador xabarlar