TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1754239
TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Suriyaning shimolida “Furot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududga minomyot va ko‘p stvolli raketa otuvchi qurol orqali hujum uyushtirgan PKK/YPG terror tashkiloti a’zosi 8 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligining Twitter sahifasida mavzu haqida berilgan bayonotda:

“Furot qalqoni amaliyoti olib borilgan hududga minomyot va ko‘p stvolli raketa otuvchi qurol orqali hujum uyushtirgan PKK/YPG terror tashkiloti a’zolariga og‘ir javob berildi. Ilk aniqlashlarga ko‘ra hujumga qo‘l urgan PKK/ YPGga a’zo terroristlar yo‘q qilinib, ular foydalangan vosita ham foydalanishdan chiqarildi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.  



Aloqador xabarlar