Mehmet Zohid Sobaji:"TRT Turkiyada teleradio faoliyatlari bo'yicha peshqadam"

TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji Istanbuldagi Halich Kongress markazida o'tkazilgan Xalqaro Strategik Aloqa Sammiti doirasida "TRT: Stratcom Maxsus" panelida ma'ruza qildi.

1746712
Mehmet Zohid Sobaji:"TRT Turkiyada teleradio faoliyatlari bo'yicha peshqadam"
mehmet zahid sobaci.jpg
TRT Stratcom Ozel.jpg

 

Turkiya prezidenti ma'muriyatining aloqa va kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti tomonidan Istanbuldagi Halich Kongress markazida o'tkazilgan Xalqaro Strategik Aloqa Sammiti doirasida "TRT: Stratcom Maxsus" paneli bo'lib o'tdi.

TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji panelda so'zlagan nutqida TRT Turkiyada teleradio faoliyatlari bo'yicha peshqadam ekanligini ta'kidladi.

"Bugun 18 ta telekanali bilan turli tillarda va turli mintaqalarda efirga uzatiladigan TRT haqida so'z bormoqda. Gap haqiqatda 18 ta radiokanal, 9 ta raqamli platforma, 4 ta raqamli dastur, bosma nashrlar, milliy va xalqaro tashkilotlar bilan eshittirish faoliyatini olib borayotgan, o'z kuchini koʻrsatishga harakat qilayotgan TRT haqida bormoqda",- dedi TRT Bosh direktori Mehmet Zohid Sobaji.

TRT sifatida Turkiyaning global va mintaqaviy mavzulardagi haq-huquqlari, iddaolari va nazariyalarini xalqaro platformaga olib chiqqanligini ta'kidlagan Sobaji:

"Biz ilgari e'tiborga olinmagan mintaqalar va chetlashtirilgan mintaqalar ovozini xalqaro siyosatga yetkazishga harakat qilmoqdamiz. TRT World buning uchun muhim vositadir. Shu bilan birga, biz buzilmagan axborot va kommunikatsiya olish huquqini, ehtimol, eng ko‘p dezinformatsiya va manipulyatsiya sodir bo‘layotgan bu davrda odamlarga eng ko‘p kerak bo‘lgan narsani anglash nuqtasida to‘g‘ri xabar berishga harakat qilmoqdamiz",-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mehmet Zohid Sobaji , #TRT

Aloqador xabarlar