TQKning terrorizmga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda
Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.
Iroq shimolida “Panja-chaqmoq” amaliyoti olib borilgan mintaqada 3 askarning shahid boʻlgani, ilk aniqlashlarga koʻra havo amaliyotlari orqali PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terroristning yoʻq qilingani bildirildi.
Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra Iroq shimolida “Panja-chaqmoq” amaliyoti olib borilgan mintaqada, bugun terroristlar tomonidan qoʻl urilgan hujum oqibatida, 3 askarning shahid boʻlgani qayd etildi.
Mintaqada amaliyotning davom etayotgani qayd etilgan bayonotda:
“Shahidlarimizning qoni yerda qolmadi, qolmaydi ham. Qahramon askarlarimiz terroristlarning inlarini, yer bilan yakson qilish uhcun amaliyotlarni davom ettirmoqda”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.
Aloqador xabarlar
Turkiyada tirik tug‘ilgan chaqaloqlar soni 958 ming 408 nafar deb qayd etildi
Turkiya Statistika qo‘mitasi (TUIK), 2023 - yil uchun tug‘ilish statistikasini e’lon qildi.