Hulusi Akar Qatar Mudofaa vaziri Xolid Ibn Muhammad al-Atiyya bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik mavzulari bo’yicha fikr almashildi.

1743486
Hulusi Akar Qatar Mudofaa vaziri Xolid Ibn Muhammad al-Atiyya bilan uchrashdi

 

Turkiya Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anning Qatarga tashrifiga tayyorgarlik doirasida Dohaga safar qildi.

Hulusi Akar tashrifi chog’ida Qatar Bosh vazir o’rinbosari va Mudofaa vaziri Xolid Ibn Muhammad al-Atiyya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik mavzulari bo’yicha fikr almashildi.

Shuningdek, o'zaro harbiy ta'lim sohasida hamkorlikni oshirish istagi bildirildi.

Hulusi Akar fursatdan foydalanib, Qatarda xizmat qilayotgan turk harbiy bo’linmasida bo’ldi.

Uchrashuvda mamlakatda xizmat qilayotgan Turk qo’shinining muvaffaqiyatli faoliyatini yaqindan kuzatib borayotganligini bildirdi.

“Erishgan yutuqlaringizdan xursandmiz va faxrlanamiz. Kelgusi davrda ham faoliyatingiz ana shunday jiddiylik, samimiylik va muvaffaqiyat bilan davom etishiga ishonamiz”,-deb aytgan Hulusi Akar harbiylar bilan uchrashuvda.

U shuningdek, birgalikda shaxdam qadam tashlash uchun Qatar va Turkiya o’rtasidagi qo’shma harbiy mashg’ulotlarining ahamiyatiga to’xtaldi.

“Qatar bilan hamkorlikdagi faoliyatimiz boshqa davlatlarga qarshi emas, balki mamlakatlarimizni, xalqlarimizni, huquqlarimizni himoya qilish va kuchimizni maksimal darajada oshirishdir”,-deb qo’shimcha qiladi Hulusi Akar.


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar