Erdo‘g‘an Turkmanistonga bo‘lgan tashrifi chog‘ida liderlar bilan o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazdi

Prezident Erdo‘g‘an Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHK) navbatdagi sammitida ishtirok etish maqsadida kecha Turkmanistonda bo‘lib qaytdi.

1739935
Erdo‘g‘an Turkmanistonga bo‘lgan tashrifi chog‘ida liderlar bilan o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazdi
reisi-erdogan.jpg
imamali rahman-erdogan.jpg
arif alvi-erdogan.jpg
aliyev-erdogan.jpg
erdogan-berdimuhamedov ve esleri.jpg
erdogan eit liderlerle.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHK) navbatdagi sammiti doirasida tashrif uyushtirgan Turkmanistonda bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shu doirada Erdo‘g‘an avvalom bor Eron Prezidenti Ibrohim Raisi bilan uchrashdi.

Matbuotga yopiq ravishda bo‘lib o‘tgan va yarim soat davom etgan uchrashuvda o‘zaro munosabatlar va mintaqaviy masalalar qo‘lga olindi.

Ortidan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashgan Prezident Erdo‘g‘an, Pokiston Prezidenti Arif Alvi bilan ham uchrashdi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ham o‘zaro uchrashuv o‘tkazgan Prezident Erdo‘g‘an kun yakunida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan IHT liderlari hurmatiga berilgan kechki ovqat ziyofatida ishtirok etdi.

Kechki ovqat ziyofati matbuot uchun yopiq tarzda amalga oshdi.



Aloqador xabarlar