Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Turkiyaga tashrif buyurdi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an oliy martabali mehmonni Prezidentlik majmuasida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

1732818
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Turkiyaga tashrif buyurdi
orban-erdogan fidan dikme.jpg
orban-erdogan.jpg

 

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an oliy martabali mehmonni Prezidentlik majmuasida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Erdo'g’an va Orban Turkiya-Vengriya Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining 5-yig’ilishidan keyin hujjatlarni imzolash marosimida ishtirok etadi. Yetakchilar shuningdek, qo'shma matbuot anjumani o'tkazadi.

Darvoqe, Vengriya Bosh Vaziri Orban rasmiy kutib olish marosimi oldidan Prezident Erdo'g'an bilan birga Beshtepadagi Demokratiya muzeyi qoshidagi Millat xotira o'rmonida tashkil etilgan ko'chat ekish marosimida ishtirok etdi.

Orban u yerda so'zlagan nutqida Turkiya Respublikasi asoschisi, buyuk dohiy Mustafo Kamol Otaturk vafotiga 83 yil to'lishi arafasiga to‘g‘ri kelgan Milliy o‘rmonzorlar kuni munosabati bilan Anqarada o‘tkazilgan ko‘chat ekish marosimida ishtirok etishdan mamnunligini bildirdi. U Otaturkning bosh bog'boni Imre Ormosning venger millatiga mansub ekanligini so'zlariga qo'shimcha qildi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Istanbulda bo'lib o'tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etadi.

Viktor Orban sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yilda ushbu tuzilmaga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Hozirgi kunda Kengashga  O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston aʼzo hisoblanadi. Mamlakatimiz 2019 yilda tashkilotga aʼzo bo‘ldi. Vengriya Turkiy kengashda kuzatuvchi maqomiga ega.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Viktor Orban , #Vengriya

Aloqador xabarlar