Turkiya PKK/PYDning AQShdan olgan yordamlari borasidagi qayg‘ularini kun tartibiga olib chiqdi

Prezident Erdo‘g‘an Italiya poytaxti Rimda uyushtirilgan G-20 Liderlar sammiti ortidan matbuot anjumani uyushtirar ekan unda sammitni baholab, jurnalistlar savoliga javob berdi.

1727363
Turkiya PKK/PYDning AQShdan olgan yordamlari borasidagi qayg‘ularini kun tartibiga olib chiqdi

Prezident Erdogan Amerika Qoshma Shtatlarining (AQSh) terror tashkilotlarini qurol bilan ta’minlashi haqida:

“Bundan keyingi jarayonning bunday davom etmasligiga ishonchim komil”.-dedi.

Prezident Erdogan Italiya poytaxti Rimda uyushtirilgan G-20 Liderlar sammiti ortidan matbuot anjumani uyushtirar ekan unda sammitni baholab, jurnalistlar savoliga javob berdi.

Erdogan sammit doirasida AQSh Prezidenti Jo Bayden bilan bo‘lgan uchrashuvi haqidagi savolga:

“Suriyadagi PKK /PYD terror tashkilotlarining AQShdan olgan yordamlari borasidagi qayg‘ularimizni yetkazdik”.-degan holda:

“Bundan keyingi jarayonning bunday davom etmasligiga ishonchim komil”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Bayden bilan bo‘lgan uchrashuvda mavjud F-16 larni modernizatsiya qilish yoki yangi F-16 berilishi masalasining kun tartibiga olib chiqilganini qayd etgan Erdo‘g‘an, ikki davlat mudofaa vazirlarining jarayonni kuzatib borayotganini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an shuningdek:

“Bu bo‘yicha Hurmatli Baydenning ijobiy tusdagi yo‘ndashuvini ko‘rdim”.-deya gapirdi.  

Tolibon tomonidan 15-avgust kuni nazorat ostiga olingan Afg‘onistondan Turkiyaga bo‘lgan yangi ko‘ch to‘lqini haqida esa Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyaning haligacha 3.6 millioni Suriyadagi urushdan qochganlar bosh bo‘lish bilan birga jami 5 millionga yaqin o‘z uy-joyi va yurtidan mahrum bo‘lgan insonga mezbonlik qilayotganini yodga solgan holda:  

“Chora-tadbirlarimizni ko‘ryapmiz, yirik ko‘ch to‘lqini oldida darvozalarimizni ochish niyatimiz yo‘q”.-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar