Erdo'g'an Shotlandiyaga borishdan voz kechganligini ma'lum qildi

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Rimda bo’lib o’tgan G20 Liderlar Sammitidan qaytayotganda samolyotda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

1727651
Erdo'g'an Shotlandiyaga borishdan voz kechganligini ma'lum qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Turkiyaning xavfsizlik protokoli standartlari talablari bajarilmagani uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim O'zgarishi bo'yicha 26. Konferentsiyasi (COP26) o'tkazilgan Shotlandiyaning Glasgow shahriga borishdan voz kechganligini bildirdi.

“Bu nafaqat o‘z xavfsizligimiz, balki mamlakatimiz obro‘siga ham tegishli edi”, — dedi prezident.

Prezident Erdo’g'an Rimda bo’lib o’tgan G20 Liderlar Sammitidan qaytayotganda samolyotda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Prezident Erdog'an AQSh prezidenti Jo Bayden bilan Rimda uchrashib, F-16 jangovar samolyotlarini yetkazib berish masalasini muhokama qilganligini bildirdi.

“Men ulardan hech qanday salbiy yondashuvni ko'rmadim. Munosabatlarimizni yaqindan qiziqtirgan ushbu mojaroni hal qilamiz degan umiddaman. Afg’oniston, Suriya, Liviya va Sharqiy O’rta yer dengizi bo’yicha hamkorligimizdan tashqari, iqtisodiy aloqalarimizni yanada qizg’in davom ettirishga qaror qildik”,- deb aytgan Erdo’g’an.

Erdo’g'an shuningdek, terror tashkilotlariga qarshi o'tkazilayotgan transchegaraviy amaliyotlarga ham to'xtalib o'tdi.

"Albatta qilish kerak bo'lganda amalga oshiriladi. Ortga qaytish yo’q. Agar oldimizda ko’ndalang turgan terror tashkiloti PKK/PYD/YPG ekan, biz kerakli chorani ko’ramiz. Bu borada hech qanday murosaga kelmaymiz",-deb aytgan prezident.

Erdog'an Shotlandiyaga nima uchun bormaganligi haqidagi savolga:

"Glazgoda bo'lib o'tgan BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha yetakchilar sammitida biz talab qilgan xavfsizlik protokoli standartlariga ega edik. Bular barcha xalqaro tashriflarimizda bizga va boshqa barcha rahbarlarga nisbatan qo‘llaniladigan protokoldagi standartlar edi. Biroq, bizga so'nggi daqiqada bularni amalga oshirish mumkin emasligini aytishdi. Biz rad etilgan so'rovimizdagi standartlar faqat boshqa davlat uchun bajarilishi mumkinligini bilib oldik”,-deb javob berdi.

Buning diplomatik qoidalarga to'g'ri kelmasligini ifoda etgan Erdo'g'an,

"Biz buni qabul qila olmadik. Tegishli bo'linmalarimiz aniq pozitsiya bilan muzokaralarni davom ettirdi. Quvonarlisi, Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ham jarayon bilan qiziqdi. Avvaliga u muammosi hal qilinganini aytdi. Ammo so‘nggi lahzada kelib Shotlandiya tomoni qiyinchilik tug‘dirayotganini aytdi. Talablarimiz bajarilmagani uchun Glazgoga borishdan voz kechdik. Oxir oqibat, bu nafaqat o'z xavfsizligimiz, balki mamlakatimiz obro'si haqida edi. Biz millatimiz obro‘sini himoya qilishga mas’ulmiz. Hech qayerda yurtimiz sha’ni va sha’niga ziyon yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Shunday qilib, biz adolatli dunyoni faqat teng huquqli yondashuv bilan o‘rnatishimiz mumkinligini yana bir bor ko‘rsatdik”,-dedi.

Avvaliga Erdo‘g‘anning Glazgoda AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashishi rejalashtirilgan edi. Biroq, bu muzokaralar kecha, 31 oktyabr kuni Rimda bo‘lib o‘tdi. 

Ma’lumot o‘rnida, bugun, 1 noyabr kuni ochiladigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilarining 26-konferensiyasining nufuzli vakillari kecha, 31 oktyabr kuni Glazgoda yig‘ilishni boshladi. AQSH Prezidenti Jo Bayden, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Italiya Bosh vaziri Mario Dragi va boshqalar G20 sammiti yakunlangan Rimdan Shotlandiyaga uchib ketdi. 


Tanlangan kalimalar: #G20 , #Jo Bayden , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar