Sohil Xavfsizlik qoʻmondonligi kecha yuzdan ortiq noqonuniy muhojirga yordam berdi

Sohil Xavfsizlik qoʻmondonligi kecha yuzdan ortiq noqonuniy muhojirga yordam berib, ularni quriqlikka olib chiqdi.

1718699
Sohil Xavfsizlik qoʻmondonligi kecha yuzdan ortiq noqonuniy muhojirga yordam berdi

Chanaqqal’aning Ayvajik tumanida Gretsiya Sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga itarilgan 14 nafar noqonuniy muhojir qurqlikka olib chiqildi.

Sohil Xavfsizlik qoʻmondonligi xodimlari, tuman qirgʻogʻidan uzoq nuqtada bir necha noqonuniy muhojirning borligini aniqladi.

Mintaqaga yetib borgan xodimlar, Gretsiya Sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga itarilgan turli mamlakat fuqarosi 14 nafar noqonuniy muhojirni qutqardi.

Qirg‘oqqa olib chiqilgan noqonuniy muhojirlar, kerakli protsedura ortidan Chet elliklarni o‘z yurtiga qaytarish markaziga topshirildi.

Sohil Xavfsizlik qoʻmondonligi xodimlari Mug’laning Bodrum tumani qirgʻogʻidan uzoq nuqtada Gretsiya tomonidan Turk hududiy suvlariga itarilganligi aniqlangan toʻrt boshqa puflangan qayiqdagi 71 nafar noqonuniy muhojirni; Marmaris tumani qirgʻoʻidan uzoq nuqtada ham puflangan qayiqdagi 24 nafar noqonuniy muhojirni qutqargandi.

 



Aloqador xabarlar