Pedersen Erdo‘g‘an bilan Putindan Idlibda tinchlikni saqlashini so‘radi
Bugun Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Sochida uchrashadi.
Birlashgan Millatlar tashkilotining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geyr Pedersen, bugun uchrashuv o‘tkazuvchi Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putindan Suriyaning Idlib mintaqasida tinchlikni saqlashini so‘radi.
Pedersen BMT Xavfsizlik kengashiga bergan brifingida Idlibda, ayniqsa Turkiya-Suriya chegarasida o‘z uy-joyidan mahrum bo‘lganlar jon saqlagan lagerlarga qarshi uyushtirilgan hujumlarning avj olganiga e’tibor qaratgan holda:
“Idlibdagi vaziyatning Putin-Erdo‘g‘an uchrashuvida muhim masala bo‘lishiga ishonchim komil va bu nufuzli rahbarlarni tinchlikni saqlashga chaqiraman. Ko‘p narsa shunga bog‘liq”.-dedi.
Konstitutsiyaviy qo‘mitaning qayta chaqirilishi uchun tomonlarga taklifnomalar yuborilganini bildirgan Pedersen, qo‘mitaning 6-yig‘ilishi uchun 18-oktabr kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida bo‘lishini va yig‘ilishdan bir kun oldin esa hamraislar bilan uchrashishini qayd etdi.
Aloqador xabarlar
Kurtulmush cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi
TBMM raisi Numan Kurtulmush cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi.