Chavushoʻgʻlu Nyu-Yorkda diplomatik aloqalarini davom ettirmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 76-Bosh Assambleyasi yigʻilishi uchun Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) Nyu-York shahrida boʻlgan Chavushoʻgʻlu, diplomatik aloqalarini davom ettirmoqda.

1709939
Chavushoʻgʻlu Nyu-Yorkda diplomatik aloqalarini davom ettirmoqda.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) maxsus vakili Migel Anxel Moratinos bilan uch tomonli uchrashuv oʻtkazdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 76-Bosh Assambleyasi yigʻilishi uchun Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) Nyu-York shahrida boʻlgan Chavushoʻgʻlu, diplomatik aloqalarini davom ettirmoqda.

Chavushoʻgʻlu ispaniyalik hamkasbi Albares va BMTning maxsus vakili Moratinos bilan boʻlgan uchrashuvi haqida Twitter hisobi orqali:

“Chet elliklarga qarshi dushmanlik va kamsitishlarga qarshi kurash masalalariga e’tibor qaratdik”.-deb bayonot berdi.

Chavushoʻgʻlu, Italiya Tashqi ishlar vaziri Luigi Di Mayo bilan ham uchrashdi.

Ushbu uchrashuvi haqida Chavushoʻgʻlu:

“Afgʻoniston, Liviya, Suriya va Afrikadagi vaziyatlar doxil kun tartibidagi global muammolarni baholadik”.-degan ifodalarga oʻrni berdi.

Chavushoʻgʻlu, eronlik hamkasbi Husayin Amir Abdullohiyan bilan boʻlgan uchrashuvida ham ikki tomonli va mintaqaviy masalalarni qoʻlga olganliklarini bildirdi.



Aloqador xabarlar