Mavlud Chavusho'g'li Entoni Blinken bilan Nyu-Yorkda Afg'oniston masalasini muhokama qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi doirasida Nyu-Yorkda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi.

1709018
Mavlud Chavusho'g'li Entoni Blinken bilan Nyu-Yorkda Afg'oniston masalasini muhokama qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li va AQSH davlat kotibi Entoni Blinken BMT Bosh assambleyasining sammiti doirasida uchrashdi. 

Ma’lum qilinishicha, tomonlar Vashington va Anqaraning turli sohalardagi, jumladan, xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikka doir masalalarini muhokama qilgan.

“Turkiya – NATOning muhim ittifoqchisi. Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyat, shuningdek, xavotir uyg‘otuvchi mintaqaviy masalalarni muhokama qildi”, deyiladi ma’lumotda.  

Yetakchilar Afg'oniston masalasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Ta'kidlash joizki, Mavlud Chavusho'g'li va Entoni Blinken Nyu-Yorkdagi mehmonxonada bo'lib o'tgan uchrashuv oldidan matbuotga brifing bergandi.

Blinken bilan Afg'onistondagi vaziyat bo'yicha bir necha marta muloqot qilganligini aytgan Chavusho'g'li "Afg'oniston va boshqa ko'plab masalalar bo'yicha yaqindan hamkorlik qilganingiz uchun minnatdorlik bildiraman. Albatta, Afg'oniston masalasida ham yaqindan ish olib boramiz va hamkorligimizni davom ettiramiz",-dedi.

Blinken esa, Chavushog'li bilan 9 oydan beri ko'p marta telefon orqali muloqot qilganligini ta'kidlab, "Bugun maslahatlashib olishimiz kerak bo'lgan ko'p masala bor. Turkiyaga ayniqsa, Afg'oniston bo'yicha biz bilan yaqin hamkorlik qilgani uchun minnatdormiz. U yerda birgalikda ish olib borishni davom ettiramiz",-dedi.

Blinken Turkiya va AQShni "kuchli hamkor va NATO ittifoqdoshi" deb baholadi.

 

Aytish joizki, BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasi 27 sentyabrgacha davom etadi. Afg‘onistondagi vaziyat sammitning asosiy mavzusi deb e’lon qilingan.

 

 



Aloqador xabarlar