Erdo‘g‘an BMT Bosh assambleyasida Qrim haqida gapirdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an BMT Bosh assambleyasida so‘zga chiqib, Ukrainaning hududiy yaxlitligini, jumladan, Rossiya tomonidan “anneksiya qilingan” Qrim hududi bilan birga saqlab qolish muhim ekanini ta’kidladi.

1709034
Erdo‘g‘an BMT Bosh assambleyasida Qrim haqida gapirdi

 

Turkiya Qrimning Rossiya tarkibiga kirishini tan olmaydi. U Ukrainaning hududiy yaxlitligini saqlash tarafdori.

Bu haqda Respublika Prezidenti Rajab Tayyip  Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi umumsiyosiy munozarasida ma’lum qilgan.  

“Biz Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini, shu jumladan, Qrim hududini himoya qilishga katta ahamiyat beramiz”,-degan Erdo‘g‘an. 

Ta’kidlanishicha, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi avvalroq, Qrimda Davlat dumasiga saylovni tan olishdan bosh tortgan. Ularning natijalari Anqara uchun qonuniy kuchga ega emas, chunki u yarimorolning Rossiyaga qo‘shib olinishini noqonuniy deb hisoblaydi. 

Kreml esa Turkiyaning saylovni tan olmaslik qarorini nomaqbul deb atagan va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tegishli xulosalar chiqarishga va’da bergan. 

“Turkiya Qrim Rossiya Federatsiyasining suveren qismi ekanligini va biz hech qachon bunday bayonotlarni e’tiborsiz qoldirmasligimizni juda yaxshi biladi”, degan vazirlik rasmiy vakili Mariya Zaxarova. 

Ma’lumot o‘rnida, Qrim 2014 yilda o‘tkazilgan referendum natijasida Rossiya tarkibiga kirgan. Bu qarorni ovoz berishda ishtirok etgan yarimorol aholisining 96 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Ukraina va G‘arb davlatlarining aksariyati referendum natijalarini tan olmagan va Qrimning anneksiyasini e’lon qilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar