Turkiya Gvineyada ro'y berayotgan voqealarga munosabat bildirdi

“Gvineyada sodir etilgan to’ntarish va mamlakat prezidenti Alfa Kondening isyonchilar tomonidan olib ketilganligidan xavotirdamiz”,-deyiladi bayonotda.

1703059
Turkiya Gvineyada ro'y berayotgan voqealarga munosabat bildirdi

 

Turkiya Gvineyada prezident Alfa Kondening to’ntarilganligini va hukumat tarqatib yuborilganini qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Gvineyada sodir etilgan to’ntarish va mamlakat prezidenti Alfa Kondening isyonchilar tomonidan olib ketilganligidan xavotirdamiz”,-deyiladi bayonotda.

“Turkiya xalq tomonidan saylangan hukumat yetakchilarining noqonuniy yo’llar bilan to’ntarilishini qoralaydi. Do’st va qardosh Gvineyada darhol konstitutsion tartibning saqlanishi, shuningdek prezident Alfa Kondening ozod etilishidan umidvormiz. Turkiya ushbu mashaqqatli kunda do’st va qardosh Gvineya bilan birga”,-deb ilova qilinadi bayonotda.

Eslatma: Kecha, 5 sentyabr kuni Gvineyada 83 yoshli prezident Alfa Konde ag‘darilgani va hukumat tarqatib yuborilgani haqida ma'lum qilingandi. 

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko'ra, 5 sentyabr yakshanba kuni Kondening qarorgohi joylashgan hududda ayovsiz janglar bo‘lib o‘tgan, ijtimoiy tarmoqlarda prezident harbiy formadagi qurolli shaxslar qurshovida aks etgan video va suratlar tarqalgandi.

Konde ag‘darilgani haqidagi xabarlar podpolkovnik Mamadi Dumbayya tomonidan e'lon qilingandi. U prezident Alfa Konde uning qo'lida ekanligini aytib, hukumat tarqatilganligini, konstitutsiya amal qilishdan to‘xtaganini ma'lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Gvineya , #Turkiya

Aloqador xabarlar