Erdo‘g‘an Boris Jonson bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 22-avgust kuni Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan telefon orqali muloqot qildi.

1695422
Erdo‘g‘an Boris Jonson bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

 

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti ma’lum qildi.

“Britaniya bosh vaziri Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an bilan Afg‘onistondagi inqirozni muhokama qildi. Ular vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, nafaqat mamlakatda, balki butun mintaqada afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlashda xalqaro hamjamiyatning birgalikdagi faoliyati muhimligini ta’kidladi”,-deyiladi ma’lumotda.

Erdo’g’anning ta’kidlashicha, Turkiyaning ayni vaqtdagi ustuvor vazifasi Afg’onistondagi turk vatandoshlarni shoshilinch evakuatsiya qilishdir. Hozirda Afg‘onistonda 5 mingga yaqin turkiyalik fuqarolar yashaydi. Ularning 500 nafarga yaqini Turkiyaga olib kelindi.

Turkiya Kobul aeroportining xavfsizligini ta’minlash majburiyatini ham bajarishga tayyor.

Afg’oniston va Eronda zarur choralar ko’rilmagan taqdirda, migratsiya to’lqinidan qochib bo’lmasligini ta’kidlagan Erdo’g’an, Afg'onistonning tartibsiz migratsiyasi inqirozga aylanishidan oldin, barcha, ayniqsa, Yevropa davlatlari, mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi va xalqaro hamjamiyat bu masalada birlashishi kerakligini ta'kidladi.

Afg'onistondan kelib chiqqan migratsiya oqimi yangi gumanitar fojialarni keltirib chiqarmasligi uchun afg'on xalqiga o'z yerlarida va qo'shni davlatlarda yordam berilishi kerakligini ifoda etgan Erdo'g'an, BMTning tegishli idoralari, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo'yicha Oliy Komissariyatining hissasi bilan ushbu migratsiya to’lqinini kamaytirish mumkinligini bildirdi.

Boris Jonson va Erdo’g’an davlatlar yordam ko‘rsatish va afg‘onistonlik qochqinlarni joylashtirish yukini o‘z zimmasiga olishlari kerak, degan fikrga kelishdi. Bu jarayonda BMT markaziy muvofiqlashtiruvchi rolni o‘ynaydi.

 


Tanlangan kalimalar: #Boris Jonson , #Buyuk Britaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar