Turkiya yongʻinlarga qarshi kurashini qoʻllab-quvvatlagan davlat va tashkilotlardan minnatdor

Erdoʻgʻan, Turkiyaning oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurashini qoʻllab-quvvatlagan davlat va tashkilotlarga minnatdorchilik bildirdi.

1685066
Turkiya yongʻinlarga qarshi kurashini qoʻllab-quvvatlagan davlat va tashkilotlardan minnatdor

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, Turkiyaning oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurashini qoʻllab-quvvatlagan davlat va tashkilotlarga minnatdorchilik bildirdi.

Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirgan Erdoʻgʻan:

“Oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurashimizni yordami, yaxshi tikalari, ta’ziyalari va yordamga tayyor ekanliklarini bildirgan; yordam yuborgan barcha doʻst davlat va tashkilotlarga xalqim nomidan minnatdorchilik bildiraman. Xudo xohlasa bu murakkab jarayonni eng qisqa vaqtda yengib oʻtamiz”. - dedi.

Ayniqsa ilk ondan e’tiboran yordamlarini ayamagan Jon Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinga, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchesga Turkiya nomidan rahmat aytgan Prezident Erdoʻgʻan, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qatar Amiri Shayx Tamim, Xorvatiya Prezident Zoran Milanovich va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga koʻrsatgan kuchli birdamligi uchun minnatdorlik bildirdi.

 



Aloqador xabarlar