PKK tarkibidan qochgan yana 2 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim boʻldi

Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda.

1684904
PKK tarkibidan qochgan yana 2 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim boʻldi

PKK terror tashkiloti tarkibidan qochgan yana 2 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim boʻldi.

Ichki Ishlar vazirligi koordinatsiyasi ostida Milliy Politsiya idorasi bilan Jandarmeriya qoʻmondonligi tomonidan olib borilgan koʻndirish faoliyatlari natijasida, PKKdan qochgan yana 2 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim boʻldi.

Ichki Ishlar vazirligi mavzu haqida bergan bayonotda, taslim boʻlgan tashkilot a’zolaridan birining tashkilot tarkibiga 1997-yili kirgani va Iroq bilan Suriyada faoliyat olib borgani; ikkinchi tashkilot a’zosining esa PKK terror tashkilotining Yevropa sohasida faoliyat olib borgani ifoda etildi.

Bayonotda shuningdek, 2021-yili koʻndirish yoʻli orqali taslim boʻlgan tashkilot a’zolari sonining 120 nafarga yetgani qayd etildi.



Aloqador xabarlar