Turkiyada sodir boʻlgan oʻrmon yongʻinlarida yana 2 kishi vafot etdi

Turkiyada sodir boʻlgan oʻrmon yongʻinlarida yana 2 kishi vafot etdi va bu orqali qurbonlar soni 7 nafarga yetdi.

1683767
Turkiyada sodir boʻlgan oʻrmon yongʻinlarida yana 2 kishi vafot etdi

Mamlakat boʻylab sodir boʻlgan oʻrmon yongʻinlarida qurbonlar soni 7 nafarga yetdi.

Sogʻlikni Saqlash vaziri Faxrettin Koʻja Twitter hisobi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, Antaliyaning Manavgat tumanidagi yongʻinda yana ikki kishining halok boʻlishi bilan umumiy qurbonlar sonining 7 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Manavgatdagi yongʻindan ziyon koʻrgan 507 kishidan 497 nafarining davolanib, kasalxonadan chiqarilganini ham oʻz soʻziga ilova etgan Koʻja,

“Oʻn kishini davolash ishlari hanuz tamomlanmadi. Biz 34 ta tez yordam mashinasi, 15 ta Milliy tibbiy qutqaruv guruhi (UMKE), 1 ta mobil boshqaruv transporti, 183 tibbiy xodim bilan voqea yuz bergan nuqtadamiz”.- degan ifodalarga oʻrin berdi.  

Faxrettin Koʻja Mersindagi yongʻindan ziyon koʻrgan 154 kishining ham davolanib, kasalxonadan chiqarilganini belgilab oʻtgan holda:

“Biz 28 ta tez yordam mashinasi, 2 Milliy tibbiy qutqaruv guruhi (UMKE), 90 nafar tibbiy xodim bilan voqea sodir boʻlgan yerdamiz. Tibbiy xodimlarimiz nomidan barcha mersinliklarga voqeadan tezroq qutilib ketishini tilaymiz”. - dedi.

Faxrettin Koʻja, Mugʻlaning Marmaris va Bodrum tumanlarida sodir boʻlgan yongʻinlardan ziyon koʻrgan 203 kishidan 186 nafarining davolanib kasalxonadan chiqarilgani, 17 nafarining esa davolash ishlarining davom etganini qayd etgan holda:

“Voqea joyiga 39 ta tez yordam mashinasi va 15 Milliy tibbiy qutqaruv guruhi (UMKE) bilan jami 193 nafar sogʻliqni saqlash xodimlari xizmat bermoqda”. - dedi.

 



Aloqador xabarlar