Erdo'g'an aviaparvozlarni tiklash haqidagi xabarni mamnuniyat bilan qabul qildi
“Anadolu” axborot agentligi xabar berishicha, Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova jurnalistlarga Turkiya bilan havo qatnovlari 22 iyundan boshlab tiklanishini e’lon qilgan.
Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘an Rossiyaning o‘zaro havo qatnovlarni qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorini mamnuniyat bilan qabul qildi.
Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova jurnalistlarga Turkiya bilan havo qatnovlari 22 iyundan boshlab tiklanishini e’lon qilgan.
Rossiya 15 apreldan boshlab Turkiya hududida koronavirus epideniyasi tarqalishi avj olganligi tufayli parvozlarni cheklagan edi, reyslar soni haftasiga ikkitaga qisqartirilgandi.
Endi qatnovlar “Aeroflot” va Turk Havo Yo’llari tomonidan boshqariladi.
Shu paytgacha Turkiyaga parvozlar “S7 Airlines”, “Ural Airlines”, “Azur Air”, “Nordwind Airlines”, “Royal Flight”, “Utair”, “Pobeda” va “Red Wings” aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilib kelingan.
"Ko‘plab davlatlar mamlakatimizni o‘zlarining cheklovlar ro‘yxatidan asta-sekin chiqara boshladi. Biz Fransiya va Rossiya tomonidan qabul qilingan qarorni mamnuniyat bilan qabul qilamiz", - degan Turkiya Prezidenti.
Aloqador xabarlar
Kurtulmush cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi
TBMM raisi Numan Kurtulmush cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi.