Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga yana 26 ming doza vaksina yubordi

Vaksinalar Turkiya sog’liqni saqlash vazirligiga oid tez yordam samolyoti vositasida kecha, 17 iyun kuni oqshom Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Erjan aeroportiga yetkazildi.

1660440
Turkiya Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga yana 26 ming doza vaksina yubordi

 

Turkiya koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ko’maklashish maqsadida Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga yana 26 ming doza Sinovac vaksinasini yubordi.

Vaksinalar Turkiya sog’liqni saqlash vazirligiga oid tez yordam samolyoti vositasida kecha, 17 iyun kuni oqshom Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Erjan aeroportiga yetkazildi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi mutasaddi xodimlari Turkiyadan keltirilgan vaksinalarni qabul qilib oldi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya shu kungacha Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga jami 216 ming doza vaksina yuborgan. Iyul oyi oxiriga qadar mamlakatga yuborilgan jami vaksinalar miqdorini 300 ming dozaga yetkazish rejalanmoqda.

Eslatish joizki, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri Unal Ustel Anqaraga tashrifi chog’ida matbuotga bergan intervyusida shu yilning iyul oyi oxirigacha Turkiyadan har hafta ma’lum bir miqdorda vaksina Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga yetkazilishini va mamlakatda vaksinatsiya kampaniyasi boshlatilishini ma’lum qilgandi.

 

Turkiya so'nggi marta 8 iyun kuni mamlakatga 50 ming doza Sinovac vaksinasini yuborgandi.



Aloqador xabarlar