Antaliyada Turkiya, Albaniya va Chernogoriya TIV rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Albaniya Yevropa va tashqi ishlar vaziri Olta Xhachka va Chernogoriya tashqi ishlar vaziri Djordje Radulovich bugun, 17 iyun kuni Antaliyada bo’lib o’tadigan Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etadi.

1659738
Antaliyada Turkiya, Albaniya va Chernogoriya TIV rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Albaniya Yevropa va tashqi ishlar vaziri Olta Xhachka, Chernogoriya tashqi ishlar vaziri Djordje Radulovich va Bosniya-Gersegovina tashqi ishlar vaziri Bisera Turkovich bilan uchrashdi.

Mavlud Chavusho’g’lining Chernogoriya tashqi ishlar vaziri Djordje Radulovich bilan bo’lgan uchrashuvidan so’ng, protokol mavzulariga doir anglashuv memorandumi imzolandi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bilan Bosniya-Gersegovina tashqi ishlar vaziri Bisera Turkovich o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda esa, ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ahamiyatga molik dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Mavlud Chavusho’g’lining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Antaliyada Albaniya va Chernogoriya TIV rahbarlari bilan birga tushgan fotosuratlari o’rin oldi.

Ta’kidlash joizki, Albaniya Yevropa va tashqi ishlar vaziri Olta Xhachka, Chernogoriya tashqi ishlar vaziri Djordje Radulovich va Bosniya-Gersegovina tashqi ishlar vaziri Bisera Turkovich bugun, 17 iyun kuni Antaliyada bo’lib o’tadigan Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etadi.



Aloqador xabarlar