Erdo‘g‘an: Turkiya bor imkoni bilan bugun bo‘lganidek ertaga ham Ozarbayjonning yonida

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Milliy Majlisiga xitob etdi.

1659306
Erdo‘g‘an: Turkiya bor imkoni bilan bugun bo‘lganidek ertaga ham Ozarbayjonning yonida

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyaning bor imkoni bilan, bugun bo‘lganidek ertaga ham Ozarbayjonning yonida bo‘lishini qayd etdi.

Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Milliy Majlisidagi xitobida,

“Kavkazlardagi tinchlik va osoyishtalik nafaqat Ozarbayjon, balki Armaniston doxil butun mintaqa davlatlariga, butun dunyoga foyda. Barqaror tinchlik tomon ketgan yo‘lning mintaqadagi barcha xalq va davlatlar o‘rtasidagi ishonch asosida tuziladigan hamkorliklardan o‘tishiga ishonchimiz komil”. - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an,

“Bugun bor imkonimiz bilan Ozarbayjonning yonidamiz. Butun dunyo ertaga ham Ozarbayjonning yonida bo‘lishimizni bilsin!” - deya gapirdi.

“Turk millatiga tuhmat qilganlar avval Kavkazlarga, Ozarbayjonga bir nazar tashlasin!” - degan Rajap Tayyip Erdo‘g‘an o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Agar vijdonlari yo‘l qo‘ysa ayblovlari ustidan keyin alohida gaplashamiz.  Madaniyat bilan buzg‘unchilik o‘rtasidagi farqni ko‘rishni istagan kelib, Qorabog‘dagi ikki davrni solishtirsin”.

Prezident Erdo‘g‘an, bu yil Ozarbayjonning madaniy poytaxti bo‘lgan Shushani kelasi yili esa “Turk dunyosining madaniy poytaxti” sifatida ko‘rishdan mamnun bo‘lishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

“(Armanistonga qarshi 10 - noyabrda qo‘lga kiritilgan Qorabog‘ g‘alabasi) Bu g‘alabadan hech kim bezovta bo‘lmasin chunki bu yiqimning emas inshootning, zulmnnig emas adolatnig g‘alabasidir”. - degan ifodalarga o‘rin bergan Erdo‘g‘an quyidagilarni ifoda etdi:

“Qorabog‘ ayni vaqtda dunyoni, o‘zining siyosiy va iqtisodiy hirslarining maydoni  deb biladiganlarning hisob - kitobi buzilgan joydir. Biz yana Kavkazlarning bo‘yniga hech kimning qullik zanjiri bog‘lay olmasligi uchun oldimizga chiqqan har qanday imkonlarni har fursatda, eng a’lo darajada baholashimiz kerak”.

Erdo‘g‘an,

“Naxchivon bilan Bokuni bir - biriga bog‘laydigan Zangezur yo‘lagining  mintaqamizga beradigan yengillik va boyligini ta’riflash imkonsiz. Zangezur yo‘lagidagi temir yo‘li orqali armanlar ham osonlikcha Moskvaga, qolaversa dunyoga yetib chiqishi mumkin. Bu orqali o‘zlariga qo‘ygan to‘siqdan qutilish imkoni ham bor”. - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an,

“Armaniston Ozarbayjon bilan muammolarini hal qilar ekan Turkiya sifatida biz ham, kerakli qadamlarni tashlaymiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar