Shusha shahrida Turkiya bosh konsulxonasi ochiladi

"Yaqin kunlarda qadim shahar Shushada Turkiya bosh konsulxonasini ochishni rejalashtiryabmiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

1658794
Shusha shahrida Turkiya bosh konsulxonasi ochiladi

 

Shusha shahrida Turkiya bosh konsulxonasi ochiladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Shushaga tashrifi chog’ida ma’lum qildi.

“Bugun juda o’zgacha hayajondamiz. Allohga shukurlar bo’lsinki, bergan va’damizni bugun bajarib turibmiz. 44 kun davom etgan urush ortidan Tog’li Qorabog’ arman ishg’olidan qutqarilib, o’z egalariga qaytarildi. Siz orqamizda ko’rib turgan tarixiy bino aslida armanlarning qanchalik zolimligini, shox asarlarni qanday harobaga aylantirganligini ko’rsatib turibdi. Qardoshim Aliyev matbuotga brifing uchun juda ma’noli joyni tanlabdi. Buning yonginasida hokimiyat binosi afsuski, armanlar tomonidan yer bilan yakson qilinibdi”,-dedi Prezident Erdo’g’an ommaviy axborot vositalari uchun brifingda.

“Bugun 15 iyun – Ozarbayjon milliy kuni munosabati bilan Haydar Aliyevni hurmat bilan yodga olaman! Ma’lumki, qahramon Ozarbayjon armiyasining Tog’li Qorabog’dagi g’alabasini Bakuda birgalikda nishonlagandik. O’sha kuni barchamizni o’zgacha hayajon chulg’ab olgandi. Mana 6 oy o’tib, qadim shahar Shushada Aliyev bilan uchrashib turganimdan bahtiyorman. Ozarbayjon xalqining Qorabog’dagi g’alabasini yana bir bor chin yurakdan tabriklayman. Tarixda ko’plab san’atkorlar va ziyolilar yetishib chiqqan madaniyat poytaxti Shushadan turib butun dunyoga ibratli so’zlarni aytish o’ta muhim deb o’ylayman”,-dedi Erdo’g’an.

 

"Qorabog’ avvalgi shon-sharafiga va o'ziga xos xususiyatiga erishadi”

“Tog’li Qorabog’ni qayta tiklash yo’lidagi yirik loyihalarni yaqindan kuzatib boryabmiz. Turkiya sifatida ozodlik kurashida bo’lgani kabi, shaharni obod qilishda ham qardoshlarimizga har qanday yordamni berishga tayyormiz. Qorabog’ avvalgi shon-sharafiga va o'ziga xos xususiyatiga erishadi”.

 

"Shushada bosh konsulxona ochishni rejalashtiryabmiz”

“Oliy darajali strategik hamkorlik yig’ilishini kelgusi oylarda Turkiyada o’tkazamiz. Ma’lumki, joriy yilning 1 aprelidan boshlab ID kartalar vositasida o’zaro sayohatlar boshlandi. Ushbu tashabbus ikki tomonlama munosabatlarimizni yanada qulaylashtirib, bizni yanada yaqinlashtiradi. Yaqin kunlarda qadim shahar Shushada Turkiya bosh konsulxonasini ochishni rejalashtiryabmiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.



Aloqador xabarlar