Ilhom Aliyev Turkiya prezidenti Erdo’g’anga ot sovg’a qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga Shusha shahridagi diqqatga sazovor joylarni, jumladan shahardagi tarixiy va madaniy maskanlarni tomosha qildi.

1659001

So’ngra, yetakchilar Shusha janubida joylashgan Jidir vohasiga tashrif buyurdi. Yillar mobaynida ozarbayjonliklarning ot musobaqalariga mezbonlik qilgan Jidir vohasida Erdo’g’an sharafiga milliy o’yinlar va musiqa jo’rligida ot musobaqalari tashkil etildi.

Erdo’g’an va Aliyev mohir chavandozlar ishtirokidagi ot musobaqasini zavq bilan tomosha qildi. Ularga prezidentlarning turmush o’rtoqlari Emina Erdo’g’an va Mehribon Aliyevalar ham hamrohlik qildi.

Musobaqalar yakunida Ilhom Aliyev Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga ot sovg’a qildi.

​​​​​​

Tanlangan kalimalar: #Shusha , #Erdo'g'an , #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar