Turkiya prezidenti Erdo’g’an Ozarbayjonga tashrif buyurdi

Erdo’g’an rasmiy tashrif doirasida 28 yil oradan so’ng, Ozarbayjon armiyasi tomonidan Armaniston ishg’olidan qurqarilgan Tog’li Qorabog’dagi Shusha shahriga tashrif buyuradi.

1658060
Turkiya prezidenti Erdo’g’an Ozarbayjonga tashrif buyurdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ozarbayjon poytaxti Bakuga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Erdo’g’an rasmiy tashrif doirasida 28 yil oradan so’ng, Ozarbayjon armiyasi tomonidan Armaniston ishg’olidan qurqarilgan Tog’li Qorabog’dagi Shusha shahriga tashrif buyuradi.

Prezident bugun, 15 iyun kuni Shusha hokimiyati binosi oldida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.

Tashrif doirasida Shusha shahrida ikki tomonlama tadbirlar jumladan, rasmiy kutib olish marosimi, tor doiradagi muzokaralar va kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilish, shuningdek, ikki tomonlama hujjatlar to‘plamining imzolanishi kabi tadbirlar bo’lib o’tadi.

Uchrashuv va muzokaralarda Tog’li Qorabog’ni, ayniqsa Shusha shahrini qayta tiklash yo’lida amalga oshiriladigan yirik loyihalar, siyosiy va iqtisodiy sohasida bir qator shartnomalar imzolanadi.

Prezidentlar Erdo’g’an va Aliyev ommaviy axborot vositalari uchun brifingda ishtirok etadilar.

Bundan tashqari, Erdo’g’an Shusha shahrining diqqatga sazovor maskanlarini tomosha qiladi.

Erdo’g’an tashrifning ikkinchi kuni – 16 iyun chorshanba kuni Ozarbayjon parlamenti raisi Sohiba Gafarova bilan uchrashib, Parlament kursisidan deputatlarga hitob qiladi.

Ta’kidlash joizki, Erdo’g’an Ozarbayjonda 2020-Yevropa futbol chempionatida ishtirok etayotgan Turkiya milliy futbol terma jamoasi bilan uchrashadi. Shuningdek, prezidentlar Baku stadionida bo’lib o’tadigan Turkiya va Uels milliy terma jamoalari matchini birgalikda tomosha qiladilar.


Tanlangan kalimalar: #Shusha , #Ilhom Aliyev , #Erdo'g'an , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar