Turkiya bilan AQSh muloqot kanallarini samarali va muntazam foydalanish borasida kelishib oldi

NATO Liderlar sammiti tufayli Belgiya poytaxti Bryusselga borgan Erdo‘g‘an u yerda AQSh Prezidenti Bayden bilan uchrashdi.

1658144
Turkiya bilan AQSh muloqot kanallarini samarali va muntazam foydalanish borasida kelishib oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden bilan samarali uchrashuv o‘tkazganini qayd etdi.

NATO Liderlar sammiti tufayli Belgiya poytaxti Bryusselga borgan Erdo‘g‘an u yerda AQSh Prezidenti Bayden bilan uchrashdi.

Ikkala lider matbuotga yopiq uyushtirgan uchrashuv ortidan hay’atlararo uchrashuvga o‘tdi.

Prezident Erdo‘g‘an muzokaralardan keyin uyushtirgan matbuot anjumanida,

“Ikki ittifoq va strategik sheriklarga xos ravishda, to‘g‘ridan - to‘g‘ri muloqot kanallarini samarali va muntazam foydalanish borasida kelishib oldik. Mushtarak manfaatlar sohasidagi hamkorlik imkonlarini konstruktiv tusdagi yo‘ndashuv asosida muhokama qildik. (Rossiyadan sotib olingan zenit raketa tizimi) S - 400 haqida oldingi fikrimiz qanday bo‘lsa shundayligicha janob Prezidentga (Bayden) ifoda etdim. F - 35 masalasini ham huddi shunday yetkazdim”. - deya gapirdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya - AQSh munosabatlarida hal qilinmaydigan hech qanday muammo yo‘qligini ifoda etgan holda:

“Hamkorlik sohalarimiz muammolarga qaraganda kengroq va boy degan fikrdamiz. Afg‘onistondan chiqishimiz xohlanmayotgan bo‘lsa (bu yerda) diplomatik, logistik, moliyaviy masalalarda AQShning bizga beradigan yordami alohida o‘ringa ega”. - dedi.

Erdo‘g‘an, Kobul aeroportining xavfsizligining ta’minlanishi masalasida esa:

“Pokistonni, Vengriyani yonimizga olish haqidagi fikrimizni o‘zlariga (Bayden) bildirdik”. - deya gapirdi.

Erdo‘g‘an Baydenni Turkiyaga taklif qilgani va bu taklifga Baydenning ijobiy tusda yondashganini ifoda etdi.

Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yakun topgan NATO sammiti haqida esa, global barqarorlikni saqlashda NATOning ham hal qiluvchi kuchi ham da o‘z zimmasiga olishi kerak bo‘lgan mas’uliyatining ortganini ta’kidlagan holda:

“Davr - mas’uliyatdan qochish davri emas, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish davridir”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Erdo‘g‘an,

“O‘rta Yer dengizidan Qora dengizga, Yevropadan Osiyoga xullas, NATO tomonidan ta’minlanadigan xavfsizlik soyaboniga ehtiyoj tug‘ilgan har bir nuqtada ittifoq faol rol o‘ynashi kerak." dedi.

Rajap Tayyip Erdo‘g‘an o‘z nutqida Turkiyaning chegaradan tashqari joylashgan davlatlardagi amaliyotlari haqida:

“Chegaradan tashqarida olib borgan amaliyotlarimiz orqali 8 ming 200 kvadrat kilometrdan ziyod maydonni terrordan qutqardik. NATO sammiti doirasida, ham sammitdagi murojaatimiz ham da o‘zaro uchrashuvlarimizda (terror tashkiloti) PYD / PKKga berilgan yordamning bundan buyon to‘xtatilishi kerakligini ochiq - oydin bayon etdik”. - dedi.

O‘z yurtiga topshirilgan terroristlarning hech qanday surishtiruvlarga duch kelmay bemalol yashay olishi, hatto ba’zi mamlakatlarda terror harakatiga qo‘l ura olish ehtimoli hech yo‘qligini ifoda etgan Erdo‘g‘an:

“Umid qilamizki, ittifoqchilarimizning hammasi bekorchi siyosiy hisob - kitoblarni bir chetga surib, Turkiya bilan to‘liq birdamlik ichida bo‘ladilar”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Erdo‘g‘an:

“Terrorizm masalasida tashkilotlar orasida ajratishlarga yo‘l qo‘ygan, yaxshi terrorist -  yomon terrorist deb bo‘lgan buzuq tushuncha afsuski haligacha bor. Bunday munosabatning terrorizmni yo‘q qilolmasligi, aksincha terror tashkilotlariga jasorat berishi aniqdir”. - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an sammit doirasida Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Michotakis bilan o‘tkazgan uchrashuvi haqida esa yaxshi uchrashuv bo‘lgani, ham Egey ham boshqa mintaqalarda uchinchi davlat yoki kishilarni bu ishga aralashtirmaslikni taklif qilganini ta’kidladi.  

 

 



Aloqador xabarlar