Iroq shimolida turk askari shahid bo'ldi

Turk Qurolli kuchlarining terroga qarshi kurashi mamlakatda bo'lganidek qo'shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1652897
Iroq shimolida turk askari shahid bo'ldi

Iroq shimolida PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan Panja – Qaplon amaliyoti doirasida, qo'lda yasalgan portlaguvchi moddaga bosib jarohat olgan bir askar kasalxonada shahid bo'ldi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MSB) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Panja – Qaplon amaliyoti doirasida Iroqning shimolida qo'lda yasalgan portlaguvchi moddani bosib olib tan jarohati olgan bir askarning kasalxonada, shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid bo'lgani qayd etildi.

Bayonotda,

“Bizni chuqur qayg'uga solgan ushbu voqeada halok bo'lgan aziz shahidimizga Olloxdan rahmat, oilasi, Turk Qurolli kuchlari bilan xalqimizga hamdardlik bildirib, sabr tilaymiz”. – degan ifodalarga o'rin berildi.

Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar ham shahid bo'lgan askar uchun ta’ziya izhor etdi va unda:

 “Qahramon do'stimiz 2021 – yilning 6 – iyuni kuni shahid bo'ldi. Shahidimizga shaxsim va Milliy Mudofaa vazirligi a’zolari nomidan Olloxdan rahmat, oilasi va xalqimizga sabr tilayman”. – dedi.



Aloqador xabarlar