Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o’rtasida protokol imzolandi

Turkiya Respublikasi hukumati va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi hukumati o’rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga doir protokol imzolandi.

1651587
Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o’rtasida protokol imzolandi

 

Turkiya Respublikasi hukumati va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi hukumati o’rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga doir protokol imzolandi.

Hujjatni imzolash marosimida amaliy tashrif bilan mamlakatda bo’lib turgan Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vazir o’rinbosari, iqtisodiyot va energetika vaziri Erhan Arikli, Moliya vaziri Dursun O’g’uz va boshqalar ishtirok etdi.

“Ikki davlat o’rtasidagi qardoshlik va madaniy aloqalarni savdo-iqtisodiy munosabatlarga ham aks ettirishga bor kuchimiz bilan g’ayrat ko’rsatamiz. Maqsadimiz Shimoliy Kipr Turk Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishiga zamin yaratishdir”,-deb aytgan Mehmet Mush tadbirda so’zlagan nutqida.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vazir o’rinbosari, iqtisodiyot va energetika vaziri Erhan Arikli esa, “Anchadan beri ustida bosh qotirib kelinayotgan bir qator masalalarning samarasini olish uchun to’planib turibmiz. Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o’rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga doir protokol imzolashga hissa qo’shgan barchaga minnatdorlik bildirmoqchiman”,-dedi.

Ma’ruzalardan so’ng, Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o’rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga doir protokol tantanali ravishda imzolandi. Hujjatga Turkiya tomonidan savdo vaziri Mehmet Mush va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tomonidan esa bosh vazir o’rinbosari, iqtisodiyot va energetika vaziri Erhan Arikli imzo chekdi.



Aloqador xabarlar