Turkiyaning Qurolli Uchuvchisiz havo transportlarini dunyo yaqindan kuzatmoqda

Shveytsariyaning SRF telekanalida namoyish etilgan axborot dasturida Turkiyaning Qurolli Uchuvchisiz havo transportlarini (SIHA) yuqori baholandi.

1650219
Turkiyaning Qurolli Uchuvchisiz havo transportlarini dunyo yaqindan kuzatmoqda

Turkiyada ishlab chiqarilgan Qurolli Uchuvchisiz havo transportlarini (SIHA) dunyo yaqindan kuzatmoqda.

Shveytsariyaning SRF telekanalida namoyish etilgan axborot dasturida Turkiyaning ushbu havo transporti yuqori baholandi va bu haqida:

“Nishonni aniq urmoqda” - deyildi.

Xabarda Polshaga sotilgan 24 dona Qurolli Uchuvchisiz havo transporti haqida gap ketar ekan ayni vaqtda Turkiyaning, zamonaviy harbiy texnologiyasi orqali dunyoning eng yirik Qurolli - qurolsiz uchuvchisiz havo transporti kuchlaridan biriga aylanish yo‘lida qat’iy qaror bilan rivojlanib borayotgan ta’kidlandi.

Baykar Texnik direktori Selchuk Bayraktar va uning jamoasining yutuqlariga ham alohida e’tibor qaratilgan xabarda, Turkiyaning ushbu transportlarining Suriya, Liviya va Tog‘li Qorabog‘dagi muvaffaqiyatlariga ham to‘xtab o‘tildi.

“G‘arb davlatlari turklarning o‘zining uchuvchisiz havo transportlarini qanday yaratganini katta hayajon bilan kuzatmoqda”. - degan ifodlarga o‘rin berilgan xabarda Shimoliy Afrika va Arab davlatlari doxil dunyoning bir necha davlatining, “Turklarning mo‘jizaviy qurollarini talab qilishiga”. - e’tibor qaratildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar