Mavlud Chavusho’g’li NATO tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida ishtirok etdi

Yig’ilishda NATO davlat rahbarlari sammitiga tayyorgarlik, sammitda qabul qilinishi rejalangan 2030-yilga doir qarorlar, Yevropa-Atlantika mintaqasi xavfsizligini ta’minlash bo’yicha o’zgarishlar muhokama qilindi.

1650086
Mavlud Chavusho’g’li NATO tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida ishtirok etdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li NATO tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida ishtirok etdi.

Videokonferensiya shaklida bo’lib o’tgan yig’ilishda joriy yilning 14 iyun kuni bo’lib o’tadigan NATO davlat rahbarlari sammitiga tayyorgarlik, sammitda qabul qilinishi rejalangan 2030-yilga doir qarorlar, Yevropa-Atlantika mintaqasi xavfsizligini ta’minlash bo’yicha o’zgarishlar va NATO kun tartibiga kiritilgan bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Mavlud Chavusho’g’li yig’ilishda NATO doirasida 2030 yilga belgilangan qarorlar bo’yicha NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatladi.

Vazir bu qarorlar NATO va transatlantika munosabatlarini kunimiz sharoitida o’ta muhim ekanini namoyon qilishi va yana-da mustahkamlashiga ishonch bildirdi.

Mavlud Chavusho’g’li shuningdek, Stoltenbergning Afg’oniston kelajagini mustahkamlashga doir fikrlarini ham qo’llab-quvvatlashini qo’shimcha qildi.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #NATO , #Turkiya

Aloqador xabarlar